INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA KONSEPTUAL ASSOTSIATIV MAYDON TADQIQI
DOI:
https://doi.org/10.2024/y5kr8d11Keywords:
assotsiativ aloqa, paradigmatik munosabat, metafora, metonimiya, kognitiv lingvistika, leksik semantika, turizm diskursiAbstract
Mazkur maqolada assotsiativ aloqa tushunchasi tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Ferdinand de Sossyur tomonidan paradigmatik munosabatlar sifatida tavsiflangan ushbu hodisa ongimizdagi tanlash jarayoniga asoslanadi. Roman Jakobson assotsiativ bog‘lanishlarni metaforik va metonimik o‘qlarga ajratib, ularning til tizimidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Shuningdek, G. Lakoff va M. Johnson kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan metaforik konseptlar orqali assotsiativ bog‘lanishlarni izohlaydi. Maqolada turizm diskursida assotsiativ aloqalarning namoyon bo‘lishi misollar orqali tahlil qilinadi. Shu bilan birga, J. Lyons va G. Leechning leksik semantika doirasidagi yondashuvlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, assotsiativ aloqa inson ongi va madaniy tajribasi bilan bog‘liq holda shakllanib, turli sohalarda muhim rol o‘ynaydi.
References
Saussure, F. de. (1916). Course in General Linguistics. McGraw-Hill.
Jakobson, R. (1956). Two Aspects of Language and Two Types of Aphasic Disturbances. In R. Jakobson & M. Halle (Eds.), Fundamentals of Language. Mouton.
Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago Press.
Lyons, J. (1977). Semantics. Cambridge University Press.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License
Copyright (c) 2025 Hilola Xoldorova (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
