Xitoy madaniyatidagi milliy bayramlarning lingvomadaniy tahlili
DOI:
https://doi.org/10.2024/f49x9472Keywords:
Milliy Bayramlar, An’anaviy Qadriyatlar, Tarixiy Xotira, Madaniy Meros, Xitoy, Urf-Odatlar, Ming Yillik Tarix, Madaniy Rang-Baranglik, Avlodlar Davomiyligi, Zamonaviy O‘zgarishlarAbstract
Barchamizga ma’lumki, milliy bayramlar – bu xalqning asrlar davomida shakllangan an’anaviy qadriyatlari, tarixiy xotirasi va e’tiborga molik voqealarini yod etish uchun nishonlanadigan muhim sanalardir. Har bir bayram o‘zida millatning orzu-intilishlari, qadr-qimmati, ma’naviyati va yorqin kayfiyatini mujassam etadi. Ana shu ulug‘ kunlar orqali biz ajdodlarimiz bosib o‘tgan sharafli yo‘lni eslaymiz, ularning Vatan ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissalarini chuqur his qilamiz hamda jamiyat hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlarni anglaymiz. Shuningdek, bayramlar kelgusi avlod qalbiga yurtga sadoqat, hurmat, ezgulik va milliy g‘urur kabi fazilatlarni singdirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Shu nuqtayi nazardan, Xitoyning ming yillik tarixga ega bo‘lgan, rang-baranglik va chuqur ramziy ma’nolarni o‘zida aks ettirgan milliy bayram va an’analari alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu bayramlar xalqning qadimiy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari va turmush tarzini o‘zida mujassam etib, nafaqat Osiyo mintaqasida, balki jahon miqyosida, jumladan, Yevropa davlatlarida ham katta qiziqish va hayrat uyg‘otib kelmoqda.Mazkur maqolada Xitoyning o‘ziga xos milliy bayramlari, ularning kelib chiqish tarixi, urf-odatlari hamda o‘tmish va zamonaviy davr o‘rtasidagi o‘zgarishlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.
References
Fei Xiaotong. From the Soil: The Foundations of Chinese Society. 1947.
Lin Yutang. My Country and My People. 1935.
Patricia Buckley Ebrey. The Cambridge Illustrated History of China. 1996.
Derk Bodde. Festivals in Classical China: New Year and Other Annual Observances During the Han Dynasty. 1975.
Wolfram Eberhard. A Dictionary of Chinese Symbols. 1986.
UNESCO. Intangible Cultural Heritage Lists (China). 2008–2023.
Encyclopaedia Britannica. “Chinese New Year” maqolasi.
N. Jo‘rayev. Jahon madaniyati tarixi. Toshkent, 2008.
A.Xo‘jayev. Sharq mamlakatlari tarixi. Toshkent, 2012.
R. Abdullayev. Madaniyatshunoslik asoslari. Toshkent, 2016.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License
Copyright (c) 2026 Nurniyozova Aziza (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
